fbpx Betguru » MLS. «Inter Mayami» 6 ta gol urdi, Messi zaxiradan tushib het-trikka erishdi
Tuesday, 22 October 2024
← Go to the news

MLS. «Inter Mayami» 6 ta gol urdi, Messi zaxiradan tushib het-trikka erishdi

MLS Sharqiy konferensiyasida muntazam liganing so‘nggi turida peshqadam «Inter Mayami» «Nyu-Inglend Revolyushn»ga (31, 14-o‘rin) qarshi bahsda 0:2 hisobini 6:2ga aylantirdi.

Suares dubl va assistni, 58-daqiqada maydonga tushirilgan Messi esa het-trikni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Leo qatorasiga ikkinchi o‘yinda het-trik qayd etdi. U 4 kun avval Argentina safida Boliviyaga (6:0) ham 3 ta gol urgandi.

Mayami klubi ligani 74 ochko bilan yakunladi va eng yaqin ta’qibchisini 8 ochkoga ortda qoldirdi. Endi dastlabki 9 o‘rinni egallagan jamoalar orasida pley-off bosqichi o‘tkaziladi.

O‘yindan so‘ng Messi va jamoadoshlariga muntazam liga bosh sovrini topshirilgandi.

MLS. Sharqiy konferensiya. 34-tur
Inter Mayami — Nyu-Inglend Revolyushn 6:2
20 oktyabr, «Chase Stadium»
Gollar: Suares (40, 43), Kremaski (58), Messi (78, 81, 89) — Langoni (2), Borrero (34).
Inter Mayami – Kellender, Alba, Martines (Allen, 87), Aviles, Veygandt (Frey, 90), Brayt, Kremaski (Kampana, 87), Buskets, Teylor (Gomes, 58), Gressel (Messi, 57), Suares.
Nyu-Inglend Revolyushn – Ivachich, Sends, Romni, Arreaga, Bay, Yusuf, Polster, Borrero, Bayraktarevich (Boateng, 87), Langoni (Nacho Xil, 87), Vrioni (Vud, 59).

image