fbpx Betguru » Superliga. «Navbahor» «Neftchi»ga qarshi derbida kambek qilib, jangovar durang qayd etdi
Tuesday, 22 October 2024
← Go to the news

Superliga. «Navbahor» «Neftchi»ga qarshi derbida kambek qilib, jangovar durang qayd etdi

O‘zbekiston chempionatining 21-turidan o‘rin olgan markaziy bahslardan biri Farg‘onada o‘tkazildi. Vodiy derbisida «Neftchi» «Navbahor»ni qabul qilib, kki bor hisobda oldinga chiqib olganiga qaramay 90+6-daqiqada g‘alabani boy berdi.

Durangdan so‘ng har ikki jamoa hisobidagi ochkolar 30 taga yetdi. O‘zaro o‘yinlarga ko‘ra «Navbahor» 5-o‘ringa, «Neftchi» 6-pog‘onaga joylashgan.

Superliga. 21-tur

Neftchi — Navbahor 2:2

20 oktyabr, «Istiqlol» stadioni

Gollar: Anvar G‘ofurov (3), Sanjar Qodirqulov (90) — Toma Tabatadze (80, penalti), Azim Ahmedov (90+6).

Neftchi — Botirali Ergashev, Zoir Jo‘raboyev, Boyan Siger, Javohir Qahramonov (Sanjar Qodirqulov, 86), Mirzohid G‘ofurov (Manuchehr Safarov, 86), Anvar G‘ofurov, G‘ulomhaydar G‘ulomov, Quvondiq Ro‘ziyev (Diyor Turopov, 81), Abbos G‘ulomov, Bilol Toshmirzayev (Azizbek Amonov, 71), Nsungusi Effiong.

Navbahor — Sanjar Quvvatov, Azim Ahmedov, Jamshid Iskanderov, Saidazamat Mirsaidov (Giorgi Nikabadze, 79), Jamshid Boltaboyev, Toma Tabatadze, Yovan Jokich, Doston Abdulhayev (Odil Hamrobekov, 68), Farrux Sayfiyev, Komil Tojidinov (Muzaffar Mo‘minov, 68), Abror Ismoilov.

Ogohlantirishlar: Javohir Qahramonov (43), Toma Tabatadze (52), Abbos G‘ulomov (79).

image