fbpx Betguru » A Seriya. «Napoli» «Empoli»ni mag‘lub etib, peshqadamlikka qaytdi
Tuesday, 22 October 2024
← Go to the news

A Seriya. «Napoli» «Empoli»ni mag‘lub etib, peshqadamlikka qaytdi

Italiya chempionatining 8-turida «Napoli» safarda «Empoli»ni Xvicha Kvaratsxeliyaning penaltidan urgan goli evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.

Konte jamoasi ochkolarini 19 taga yetkazib, «Yuventus»ni (16) ortda qoldirgan holda peshqadamlikka qaytdi. «Empoli» 10 ochko bilan 11-pog‘onada qoldi.

A Seriya. 8-tur

Empoli — Napoli 0:1

20 oktyabr, «Karlo Kastellani»

Gol: Kvaratsxeliya (63, penalti).

Empoli – Vaskes, Viti, Ismayli, Goglichidze (Henderson, 79), Grassi (Solbakken, 72), Anjorin (Xaas, 78), Fatssini (Ekong, 78), Petssella, Gyasi, Espozito, Kolombo (Konate, 86).

Napoli – Kaprile, Spinatssola (Olivera, 59), Buonjorno, Rahmani, Di Lorenso, Maktominey, Gilmur, Zambo-Angissa, Kvaratsxeliya (Neres, 76), Lukaku (Simeone, 59), Politano (Matssokki, 87).

Ogohlantirishlar: Grassi (33), Zambo-Angissa (37), Di Lorenso (76).

image