← Go to the news
18.10.2024
1172
Futbol
JCH-2026 saralashi. Qirg‘iziston KXDRni mag‘lub etib, dastlabki g‘alabasiga erishdi
Qirg‘iziston milliy jamoasi saralashdagi dastlabki ochkolariga ega chiqdi.
Bishkekda o‘tgan bahsda qo‘shnilarimiz Shimoliy Koreyadan ustun kelishdi. «Dinamo» hujumchisi Joel Kojoning uzatmasidan keyin Brauzmann tomonidan kiritilgan gol yakunda Qirg‘izistonga g‘alaba keltirdi – 1:0.
Shu tariqa, Qirg‘iziston dastlabki g‘alabasi evaziga 3 ochko bilan KXDRni so‘nggi o‘ringa tushirdi va 5-pog‘onaga ko‘tarildi.
JCH-2026 saralashi. 4-tur
Qirg‘iziston – KXDR – 1:0
Gol: Xristian Brauzmann, 11.