fbpx Betguru » Flik — «Barsa» bilan La Ligadagi dastlabki 7 o‘yinni yutgan uchinchi murabbiy
Tuesday, 22 October 2024
← Go to the news

Flik — «Barsa» bilan La Ligadagi dastlabki 7 o‘yinni yutgan uchinchi murabbiy

Hans-Diter Flik «Barselona»da startdagi g‘alabalar bo‘yicha rekordga yaqin.

Kataloniyaliklar La Liganing 7-turida «Xetafe»ni mag‘lub etishdi (1:0).

Shu tariqa nemis mutaxassisi «ko‘k-anorranglilar» boshqaruvida Ispaniya chempionatidagi dastlabki 7 ta o‘yinida g‘alaba qozongan uchinchi murabbiy bo‘ldi. 2017 yilda Ernesto Valverde ham xuddi shunday natijaga erishgan.

Xerardo Martino esa 2013 yilda «Barsa» bilan La Ligadagi dastlabki 8 ta o‘yinni yutishga muvaffaq bo‘lgan va eng yaxshi start aynan unga tegishli.

image