fbpx Betguru » La Liga. «Barselona» «Jirona»ni yirik hisobda yengdi, Yamalda dubl
Tuesday, 22 October 2024
← Go to the news

La Liga. «Barselona» «Jirona»ni yirik hisobda yengdi, Yamalda dubl

Ispaniya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda «Barselona» hamshahari «Jirona» darvozasiga 4 ta to‘p kiritdi. Yamal dublga erishgan bo‘lsa, Olmo va Pedri ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi.

Yo‘qotishsiz borayotgan Flik jamoasi ochkolarini 15 taga yetkazib, peshqadamlikni mustahkamladi. «Jirona» 7 ochko bilan 7-pog‘onaga joylashgan.

La Liga. 5-tur

Jirona — Barselona 1:4

15 sentyabr, «Montivilli»

Gollar: Stuani (80) — Yamal (30, 37), Olmo (47), Pedri (64).

Jirona – Gassaniga, Migel Gutiyerres, Blind, David Lopes, Franses (Martines, 85), Solis, Martin, Danjuma (Portu, 55), Sigankov (van de Bek, 69), Xil (Asprilya, 54), Abel Ruis (Stuani, 69).

Barselona – ter Stegen, Balde, Martines, Kubarsi (Fort, 61), Kunde, Pedri (Viktor, 69), Kasado, Rafinya, Olmo (Erik Garsiya, 61), Yamal (Martin, 90+1), Levandovski (Ferran Torres, 69).

Ogohlantirishlar: Xil (36), Viktor (84), Portu (90+1), Stuani (90+4).

image