Friday, 7 August 2026
← Go to the news

Dzyuba — «Akron» futbolchisi

Artyom Dzyuba faoliyatini o‘zbekistonlik Sherzod Esanov to‘p tepayotgan «Akron» klubida davom ettiradi.

36 yoshli forvard Tolyatti klubiga erkin agent sifatida qo‘shildi.

Shartnoma 2024/2025 yilgi mavsumning oxirigacha tuzildi.

Dzyuba o‘tgan mavsum yakunida «Lokomotiv»ni tark etganidan so‘ng erkin agentga aylangandi.