← Go to the news
16.09.2024
56
Futbol
31 yoshli Hurseler — APLda oyning eng yaxshi murabbiyi
Fabian Hurseler Premer-ligada avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
31 yoshli mutaxassis qo‘l ostidagi «Brayton» dastlabki 3 ta turda 7 ochko to‘pladi. Xususan, «Manchester Yunayted»ni (2:1) mag‘lub etib, Londonda «Arsenal» (1:1) bilan durang o‘ynashga erishdi.
Germaniyalik murabbiy «Brayton»ga shu yil yozda keldi. U o‘tgan mavsumda «Sankt-Pauli»ni boshqarib, jamoani Bundesligaga olib chiqqan.