Kelleher «Liverpul» Mamardashvilini sotib olganidan noroziligini bildirdi
«Liverpul» darvozaboni Kuivin Kelleher klubning gruziyalik Georgi Mamardashvilini 30 mln funt sterlingga sotib olish qaroridan xafa bo‘lganini bildirdi.
«Oxirgi bir necha yil ichida men ketishni va birinchi raqamli bo‘lishni xohlayotganimni aniq aytdim («Liverpul» yozda «Nottinghem Forest» taklifini rad etdi). Klub yangi darvozabon (Mamardashvili) bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. Bu esa ular boshqa yo‘nalishga o‘tishga qaror qilishganini anglatadi.
Mening ambitsiyalarim aniq. Men yetarlicha yaxshiman va har hafta o‘ynashni xohlayman», — deya irlandiyalik 25 yoshli posbonning so‘zlarini keltiradi Evening Standard.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» «Valenciya»dan 23 yoshli Mamardashvili bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Darvozabon kelasi yozda ingliz klubi safiga kelib qo‘shiladi va bu mavsumda «ko‘rshapalaklar» safida o‘ynashda davom etadi.