← Go to the news
22.08.2024
51
Futbol
38 yoshli Noyer Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini davom ettirmoqchi
Manuel Noyer Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqchi emas.
Jurnalist Kristian Falkning yozishicha, «Bavariya» posboni Germaniya milliy jamoasida faoliyatini davom ettirmoqchi.
Noyer sentabr oyida milliy jamoadagi faoliyatida tanaffus olib, yil oxirida qaytmoqchi.
Avvalroq, 38 yoshli darvozabon Germaniya milliy jamoasida 2026 yilgi jahon chempiponatigacha qolish niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Noyer 2009 yildan beri Germaniya milliy jamoasi safida 124 ta o‘yin o‘tkazgan.