Superliga. «Nasaf» «Olimpik»ni mag‘lub etib, eng yaqin ta’qibchisi bilan farqni 5 ochkoga yetkazdi
Superliga 14-turining qoldirilgan bahsida «Nasaf» g‘alabaga erishdi.
Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari Toshkentda «Olimpik» mehmoni bo‘lib, Bobur Abduxoliqov va Jambuli Jigaurining goli evaziga g‘alaba qozonishdi – 2:0.
Shu tariqa, «Nasaf» 35 ochko bilan eng yaqin ta’qibchisi bo‘lib turgan 2-o‘rindagi «So‘g‘diyona» bilan ochkolar farqini 5taga yetkazdi. «Olimpik» 20 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.
Superliga. 14-turning qoldirilgan o‘yini
«Olimpik» — «Nasaf» – 0:2
Bosh hakam: Xushnud Suyunboyev
VAR: Ilgiz Tantashev
Gollar: Bobur Abduxoliqov 66, Jigauri 90+6.
«Olimpik»: 99.Edem Nemanov, 8.Nodir Abdixoliqov, 9.Akbar O‘ktamov, 10.Farrux Muxtorov, 11.Anvar Alijonov (64.Samandar Qodirov, 75), 16.Rian Islomov (5.Maqsud A’loxo‘jayev, 56), 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 22.Shahzod Toirov, 44.Sherzod Komilov (19.Ahmad Anvarov, 70), 70.Muhammadbobur Mo‘ydinov (9.Ulug‘bek Sharipov, 56), 77.Sunnatilla Abdullajonov (15.Muhsin Bozorov, 46).
«Nasaf»: 35.Abduvohid Ne’matov, 4.Dilshodjon Komilov, 6.Murodbek Rahmatov (21.Doniyorjon Nazrullayev, 85), 7.Akmal Mozgovoy, 9.Javohir Siddiqov (88.Marko Stanoyevich, 85), 10.Bobur Abduxoliqov, 22.Igor Golban, 28.Shuhrat Muhammadiyev (70.Jambuli Jigauri, 65), 32.Zoran Marushich (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 65), 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov (23.Kuach Yuel, 79).