fbpx Betguru » Parij-2024. Fransiya 120 daqiqa davom etgan o‘yinda Misrni mag‘lub etib, ikkinchi finalchiga aylandi
Tuesday, 22 October 2024
← Go to the news

Parij-2024. Fransiya 120 daqiqa davom etgan o‘yinda Misrni mag‘lub etib, ikkinchi finalchiga aylandi

Yozgi Olimpiya o‘yinlarida futbol musobaqasida ikkinchi finalchi ham ma’lum bo‘ldi.

Mezbon Fransiya Misr bilan o‘yinda 83-daqiqada hisobni tenglashtirib, qo‘shimcha bo‘limlarda kamchilikda qolgan raqib darvozasiga yana ikki gol urdi. Mateta dublga erishdi, Olise gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

8 avgustda 3-o‘rin uchun o‘yinda Afrika jamoalari Misr va Marokash o‘zaro to‘qnash kelsa, 9 avgust kungi finalda Fransiya Ispaniya bilan o‘ynaydi.

Parij-2024. Yarimfinal

Fransiya — Misr 3:1

5 avgust, «Park Olimpik Lion»

Gollar: Mateta (83, 99), Olise (108) — Sobir (62).

Fransiya – Rest, Tryuffer, Lukeba, Bade, Sildiyya, Shotar, Diuf (Due, 76), Akliush (Magassa, 118), Olise, Lyakazett (Kalimuendo, 105), Mateta (Sherki, 118).

Misr – Ala, Abdulmajid, Fayed, Ad Debes (Majar, 90), Shehata (Saad, 111), El Nenni, Odil (Toriq, 93), Sobir (Kamol, 98), Koka, Zizu (Hamdi, 111), Faysal (Otto, 90).

Ogohlantirishlar: Bade (89), Fayed (90+7), Zizu (105+1), Kamol (105+2), Lukeba (105+4).

Chetlatish: Fayed (92).

image