Ronaldu: «Bir yildan beri penaltilarda adashmayotgandim. Bir vaqtning o‘zida ham xafa, ham xursandman»
Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Yevro-2024 1/8 finalidan o‘rin olgan Slovakiyaga (0:0, pen — 3:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Hujumchi o‘yinda penaltidan foydalana olmadi, seriyada esa gol urdi.
«Albatta, bu — oxirgi Yevroyim. Dastlab qayg‘u bor edi, endi esa quvonch bor. Futbol oldindan aytib bo‘lmaydigan lahzalarni taqdim etadi. Jamoamga ustunlik berishim mumkin edi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradim va Oblak zarbani qaytardi.
Bir yil davomida penaltilarda adashmadim va menga juda kerak bo‘lgan paytda esa Oblak seyv qildi. Bir vaqtning o‘zida ham qayg‘udaman va ham xursandman, lekin eng muhimi — keyingi bosqichga chiqish, jamoa bunga loyiq.
Sloveniya deyarli butun vaqtini himoyada o‘tkazdi. Jamoamiz maqtovga loyiq, ayniqsa, uchta ajoyib seyvni amalga oshirgan darvozabonimiz (Diogu Koshta)», — deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi A Bola.