fbpx Betguru » Vinisius – asosiy favorit, Kroos 3-o‘ringa ko‘tarildi. Goal «Oltin to‘p»ga da’vogarlar reytingini yangiladi
Sunday, 24 November 2024
← Go to the news

Vinisius – asosiy favorit, Kroos 3-o‘ringa ko‘tarildi. Goal «Oltin to‘p»ga da’vogarlar reytingini yangiladi

Vinisius Junior Goal nashri talqiniga ko‘ra, iyun oyida «Oltin to‘p-2024» uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Dastlabki ikki o‘rinni Vinisius va Bellinghem egallab turgan bo‘lsa, Toni Kroos Germaniya milliy jamoasidagi ishtiroki bilan 6-pog‘onadan 3-o‘ringa ko‘tarilgan. Mbappe esa 4-o‘ringa pasaygan. Virts beshlikdan o‘rin olgan. Ro‘yxatda Messi 15-o‘rinda qayd etilgan, Holand 12-o‘ringa tushgan.

Top-20 bilan tanishing:

  1. Vinisius Junior («Real»);
  2. Jud Bellinghem («Real»);
  3. Toni Kroos («Real»);
  4. Kilian Mbappe («Real» / «PSJ»);
  5. Florian Virts («Bayer»);
  6. Harri Keyn («Bavariya»);
  7. Filip Foden («Manchester Siti»);
  8. Rodri («Manchester Siti»);
  9. Jamal Musiala («Bavariya»);
  10. Rodrigo («Real»);
  11. Antonio Ryudiger («Real»);
  12. Erling Holand («Manchester Siti»);
  13. Daniel Karvaxal («Real»);
  14. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»);
  15. Lionel Messi («Inter Mayami»);
  16. Bernardu Silva («Manchester Siti»);
  17. Bukayo Saka («Arsenal»);
  18. Antuan Grizmann («Atletiko»);
  19. Lautaro Martines («Inter»);
  20. Lamin Yamal («Barselona»).
image