fbpx Betguru » Nacho «Al-Qodisiya»ga o‘tsa, Modrich «Real» sardori bo‘ladi
Friday, 18 October 2024
← Go to the news

Nacho «Al-Qodisiya»ga o‘tsa, Modrich «Real» sardori bo‘ladi

«Real» sardori Nacho Fernandes Madrid klubini tark etish arafasida.

Insayder Fabritsio Romano ispaniyalik himoyachi Saudiya Arabistonining «Al-Qodisiya» klubiga o‘tayotganini ma’lum qildi.

COPE xabariga ko‘ra, Madrid klubi Nacho bilan xayrlashgach, 2024/25 yilgi mavsumda Luka Modrich «Real» sardoriga aylanadi. Daniel Karvaxal esa ikkinchi sardor bo‘ladi. Undan keyingi navbatda – Lukas Vaskes, Federiko Valverde, Tibo Kurtua va Vinisius Juniorning nomi qayd etilgan.

image