fbpx Betguru » Vinchenso Italiano – «Bolonya» bosh murabbiyi
Friday, 18 October 2024
← Go to the news

Vinchenso Italiano – «Bolonya» bosh murabbiyi

Italiyaning «Bolonya» klubi jamoaning yangi bosh murabbiyini e’lon qildi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Vinchenso Italiano jamoaning yangi ustoziga aylandi. Kelishuv shartlari va necha yilga imzolangani ma’lum qilinmagan.

A Seriya joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, bolonyaliklarga Chempionlar ligasi yo‘llanmasini keltirgan Tiago Motta jamoa bilan xayrlashgach, yangi mavsumga jamoani Vinchenso Italiano tayyorlaydi. Motta tez orada «Yuventus» bosh murabbiyi sifatida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Italiano hozirgacha «Fiorentina» bosh murabbiyi sifatida ishlab, jamoani Konferensiyalar ligasiga olib chiqqan edi.

image