Friday, 7 August 2026
← Go to the news

Jerom Boateng – LASK futbolchisi

«Bavariya» sobiq himoyachisi Jerom Boateng faoliyatini Avstriya chempionatida davom ettiradi.

35 yoshli germaniyalik himoyachi Avstriyaning LASK klubi o‘yinchisiga aylandi. Tomonlar 2 yillik shartnoma imzolashdi.

Boateng yakunlangan mavsumni «Salernitana» safida o‘tkazib, A Seriyada 7 o‘yinda maydonga tushdi.