fbpx Betguru » Hummels finaldagi mag‘lubiyatdan keyin: «Omad «Real»ga omad kulib boqdi, to‘rtta ajoyib vaziyatdan foydalana olmadik»
Friday, 18 October 2024
← Go to the news

Hummels finaldagi mag‘lubiyatdan keyin: «Omad «Real»ga omad kulib boqdi, to‘rtta ajoyib vaziyatdan foydalana olmadik»

«Borussiya» himoyachisi Mats Hummels «Real»ga qarshi YeCHL finalidan (0:2) keyin fikrlarini bildirdi.

«Nomdor raqibga qarshi ajoyib o‘yin namoyish eta olganimizdan faxrlanaman. Biz borimizni berdik va o‘yinimiz orqali o‘z darajamizni ko‘rsata oldik. Bir qator ajoyib hujumlar tashkil etdik, ammo golli imkoniyatlarni qo‘ldan chiqardik.

Ikkinchi bo‘lim oxirida esa kichik xatolarga yo‘l qo‘ydik va «Real» o‘z odatiga ko‘ra bizni jazoladi. Avvalgi bosqichlarda omad biz tarafda edi, bugun esa omad «Real»ga kulib boqdi. To‘rtta ajoyib vaziyatdan foydalana olmadik. Bizga sovuqqonlik yetishmadi», – deydi Hummels finaldan keyin UEFA rasmiy saytiga.

image