fbpx Betguru » APL. «Man Siti» qoldirilgan o‘yinda «Tottenhem»ni mag‘lub etib, so‘nggi tur oldidan peshqadamga aylandi
Friday, 18 October 2024
← Go to the news

APL. «Man Siti» qoldirilgan o‘yinda «Tottenhem»ni mag‘lub etib, so‘nggi tur oldidan peshqadamga aylandi

Angliya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda «Manchester Siti» Holandning dubli evaziga «Tottenhem» ustidan g‘alaba qozondi.

Natijada Gvardiola jamoasi ochkolarini 88 taga yetkazib, so‘nggi tur oldidan «Arsenal»ni (86) ortda qoldirgan holda peshqadamga aylandi. «Shaharliklar» oxirgi o‘yinda «Vest Hem»ni mag‘lub etsa, qatorasiga 4-bor Premer-liga chempioniga aylanadi.

«Tottenhem» 63 ochko bilan 5-pog‘onada qoldi va YeCHLga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi. Yo‘llanma 4-o‘rindagi «Aston Villa»ga (68) nasib etdi.

APL. 34-tur

Tottenhem — Manchester Siti 0:2

14 may, «Tottenhem Stedium»

Gollar: Holand (51, 90+1 penalti).

Tottenhem – Vikario, Porro, Romero, Dregushin, van de Ven, Hyoyberg (Skipp, 85), Meddison (Mur, 90+3), Bentankur (Kulusevski, 55), Sarr (Lo Chelso, 85), Son, Jonson.

Manchester Siti – Ederson (Ortega, 69), Uoker, Diash, Akanji, Gvardiol, Kovachich, de Bryuyne (Doku, 69), Bernardu Silva, Rodri, Foden, Holand (Alvares, 90+5).

Ogohlantirishlar: Bentankur (36), Sarr (57), Romero (63), Kovachich (70), Foden (88), Silva (90+11).

image