fbpx Betguru » Vinisius, Bellinghem, Levandovski, Grizmann, Isko – La Liga mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga 10 da’vogarni e’lon qildi
Friday, 18 October 2024
← Go to the news

Vinisius, Bellinghem, Levandovski, Grizmann, Isko – La Liga mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga 10 da’vogarni e’lon qildi

La Liga rasmiy sayti mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogar nomzodlar ro‘yxatini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2023/24 yilgi mavsum yakunlariga binoan 10 o‘yinchi sovringa da’vogarlik qilmoqda. Bular – Jud Bellinghem, Vinisius Junior (ikkisi ham – «Real»), Takefusa Kubo («Real Sosiyedad»), Artem Dovbik, Aleish Garsiya (ikkisi ham – «Jirona»), Robert Levandovski («Barselona»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Isko («Betis»), Kirian Rodriges («Las-Palmas») va Aleksandr Serlot («Vilyarreal»).

Ma’lumot uchun, g‘olib nomi 28 may kuni bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.

image