← Go to the news
22.03.2024
3526
Futbol
«Nyukasl» himoyachisi Botman 6 oyga safdan chiqdi. U Yevroni o‘tkazib yuboradi
«Nyukasl» himoyachisi Sven Botman kamida 6 oyni o‘tkazib yuboradi.
Tibbiy ko‘rik futbolchining oldingi xochsimon suyagi operatsiya qilinishi kerakligini ko‘rsatdi.
Niderlandiyalik 24 yoshli futbolchi sentyabr oyida «Brentford»ga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olgan, ammo operatsiya qilinmagandi. U Angliya Kubogi doirasida «Man Siti» bilan bahsda jarohatini yangilab oldi.
Jarohati tufayli Botman yozda bo‘ladigan Yevropa chempionatida ishtirok eta olmaydi.
Himoyachi bu mavsumda APLda 17 o‘yinda maydonga tushib, 2 tadan gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi