APL. «Liverpul» — «Man Siti» to‘qnashuvida yana kuchlar teng keldi
Angliya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Liverpul» va «Manchester Siti» «Enfild»da ro‘baro‘ kelishdi.
Mezbonlarning kichik ustunligida o‘tgan bellashuvda xuddi birinchi davradagidek 1:1 hisobi qayd etildi. Birinchi bo‘limda «shaharliklar»dan Stounz hisobni ochdi, ikkinchi bo‘lim boshida esa Akening xato uzatmasidan keyin Nunes ishlagan penaltini Mak Allister golga aylantirdi.
Klopp jamoasi ochkolarini 64taga yetkazib peshqadam «Arsenal»ga tenglashdi, ammo to‘plar nisbatiga ko‘ra London klubi 1-o‘rinni saqlab qoldi. Pep shogirdlari esa 63 ochko bilan 3-pog‘onaga joylashgan.
APL. 28-tur
Liverpul — Manchester Siti 1:1
10 mart, «Enfild»
Gollar: Mak Allister (50, penalti) — Stounz (23).
Liverpul – Kelleher, Bredli (Robertson, 61), van Deyk, Kuansa, Gomes, Endo, Soboslai (Saloh, 61), Mak Allister, Elliott, Dias, Nunes (Gakpo, 76).
Manchester Siti – Ederson (Ortega, 56), Uoker, Ake, Akanji, Stounz, de Bryuyne (Kovachich, 69), Silva, Rodri, Foden, Holand, Alvares (Doku, 69).
Ogohlantirishlar: Rodri (45+2), Ederson (47), Silva (59).