← Go to the news
04.12.2023
133
Futbol
Fransiya – favorit, Portugaliya va Angliya uchlikda. Goal Yevro-2024 qur’asidan keyin g‘oliblikka da’vogarlar reytingini yangiladi
Goal nashri Yevropa chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimidan keyin favoritlar reytingini yangiladi.
Kelasi yil yozda Germaniyada o‘tadigan turnirning 24 ishtirokchisidan 21tasining nomi ma’lum bo‘lib ulgargan, yana 3 jamoa o‘tish o‘yinidan keyin ma’lum bo‘ladi.
Nashr reytingida Fransiya milliy jamoasi turnirning asosiy favoriti sifatida keltirilgan. Portugaliya va Angliya uchlikdan, Belgiya va Ispaniya beshlikdan joy olgan.
Goal talqiniga ko‘ra, Yevro-2024 favoritlari reytingi:
- Fransiya
- Portugaliya
- Angliya
- Belgiya
- Ispaniya
- Turkiya
- Vengriya
- Niderlandiya
- Ruminiya
- Avstriya
- Italiya
- Xorvatiya
- Daniya
- Germaniya
- Slovakiya
- Shotlandiya
- Shveysariya
- Chexiya
- Serbiya
- Sloveniya
- Albaniya.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan