JCH-2026 saralashi. Janubiy Koreyadan 5:0, Xitoyda g‘alaba, Qirg‘iziston Malayziyaga alamli tarzda yutqazdi, Tojikiston Iordaniya bilan durang qayd etdi
Bugun, 16 noyabr kuni Osiyoda JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqich 1-turiga start berildi.
Janubiy Koreya Singapurni ayab o‘tirmadi – 5:0. Xitoy esa Tailand bilan bahsda irodali g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Filippin Vetnamga yutqazdi.
Qo‘shnilarimizdan Qirg‘iziston milliy jamoasi Malayziyada 3:1 hisobidagi ustunlikni so‘nggi daqiqalarda qo‘ldan chiqarib, alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi. 72, 77 va 90+3-daqiqadagi gollar mezbonlarga qo‘shnilarimiz ustidan g‘alaba keltirdi – 4:3.
Tojikiston esa guruhdagi asosiy raqibi Iordaniyaga qarshi bahsda 89-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 90+3-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi – 1:1.
JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqichi. 1-tur
Janubiy Koreya – Singapur – 5:0
Gollar: Gyuson 44, Xvan Xi Chxan 49, Son Hyon Min 63, Jo 68 pen., Li Kan In 85.
Filippin – Vetnam – 0:2
Tailand – Xitoy – 1:2
Gollar: Sarach 23 – U Ley 29, Shan Yuan 74
Malayziya – Qirg‘iziston 4:3
Gollar: Kols 7, 77, Brauzmann 72 avtogol, Faysal Halim 90+3 – Kayrat Jirgalbek uulu, Ernest Batirkanov 44, Key Merk 57
Tojikiston – Iordaniya – 1:1
Gollar: Shahrom Samiyev 89 – Yazan An-Naymat 90+3.