← Go to the news
15.11.2023
594
Futbol
Suares JCH-2022dan so‘ng ilk bor Urugvay milliy jamoasiga chaqirildi
Luis Suares Urugvay milliy jamoasiga qaytdi.
Milliy jamoa bosh murabbiyi Marselo Biyelsa «Gremio» hujumchisini JCH-2026 saralashi doirasidagi Argentina (17 noyabr) va Boliviyaga (21 noyabr) qarshi o‘yinlarga chaqirgan.
Suares oxirgi marta milliy jamoaga 2022 yilgi jahon chempionatida taklif qilingandi. U Janubiy Amerika saralashidagi eng yaxshi ikkinchi to‘purar (29 gol) bo‘lib, faqat argentinalik Lionel Messidan (31) keyingi o‘rinda turadi.
36 yoshli Suares bu mavsumda Braziliya chempionatida «Gremio»ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. U 29 o‘yinda 14ta gol va 10ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.