Arteta «Sheffild Yunayted» ustidan g‘alaba, Nketianing het-trigi va insoniyligi haqida gapirdi
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APL 10-turidan o‘rin olgan «Sheffild Yunayted»ga (5:0) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Emotsional hafta o‘tkazdik, ikki juda qiyin safar o‘yiniga bordik va bugun boshqacha bo‘ldi. «Sheffild Yunayted» ligada qolish uchun kurashmoqda, ular — katta jamoalar mag‘lub etishga qiynaladigan uyushqoq jamoa.
Sabr qilishimiz kerak edi, lekin shu bilan birga hammasini dastlabki 10-25 daqiqaga qaraganda yaxshiroq bajarishimiz mumkin edi.
Nketianing het-trigi? Uch xil gol bo‘ldi, lekin ularning barchasi Eddining uslubida edi. Birinchisida u himoyachidan uzoqlashish uchun bo‘sh joy va vaqtni hisoblab chiqdi hamda jarima maydonchasida xotirjamlik ko‘rsatdi, ikkinchisida to‘p tez keldi va tezda gol urishga to‘g‘ri kedi, uchinchisida ajoyib zara bo‘ldi.
Eddi poker qilish uchun penaltini tepishi mumkin edi. Ammo u ajoyib futbolchi bo‘lishi bilan birga aql bovar qilmaydigan inson. Uning xatti-harakati hammadan farq qiladi, ayniqsa, kamtarligi va odamlarga nisbatan qayg‘urishi. Penaltini Fabiu Viyeyraga bergani juda yaxshi ish bo‘ldi», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi BBC.