Tonali uchun mavsum yakunlandi. Sandro o‘yinlarga pul tikkani ortidan 10 oyga diskvalifikatsiya qilinadi
«Nyukasl» yarimhimoyachi Sandro Tonali necha oyga diskvalifikatsiya qilinishi ma’lum bo‘ldi.
Sky Sport Italia xabariga ko‘ra, italiyalik yarimhimoyachi nolegal bukmekerlik kontoralari orqali o‘yinlarga pul tikkanini tan olgan. Futbolchining advokatlari so‘nggi kunlarda Tonali uchun tayinlanadigan uzoq muddatli diskvalifikatsiya muddatini imkonqadar qisqartirish harakatini qilgan. Italiya futbol federatsiyasi prokuraturasi futbolchini 10 oyga diskvalifikatsiya qilish qaroriga kelgan.
Chetlatish tufayli Tonali APLda mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, Italiya Yevro-2024ga yo‘llanma olgan taqdirda Sandro turnirga bora olmaydi.
Avvalroq, Nikola Fajoli 7 oyga diskvalifikatsiya qilingan edi. Aynan u tergov jarayonida Sandro Tonalining noqonuniy pul tikishlarini oshkor qilgandi.