← Go to the news
23.10.2023
127
Futbol
«Chelsi» 2 ochko yo‘qotdi» — Pochettino «Arsenal» bilan durangdan keyin
«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino APL 9-turi doirasida «Arsenal» bilan durangdan (2:2) norozi.
London klubi 2:0 hisobida oldinda borib, g‘alabani boy berdi.
«77-daqiqagacha o‘yin nazorat ostida edi, raqibga imkon bermadik. 2 ochko yo‘qotganimizdan hafsalam pir bo‘ldi. Birinchi gol «Arsenal»ga ishonch bag‘ishladi.
Shu bilan birga xursandman, chunki biz raqobatbardosh edik.
Mudrikni almashtirish? U yaxshi o‘ynadi, lekin kuchayishi kerak. Nazarimda, u hali ham eng yaxshi formada emas.
O‘yin 2:1dan ko‘ra 3:0ga yaqinroq kechdi. 2:0 bilan kifoyalanib qolmay, pressing qilishni va natijani himoya qilishni xohladik», — deya argentinalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Football London.