← Go to the news
18.10.2023
122
Futbol
Fajoli 7 oyga diskvalifikatsiya qilinadi. «Yuventus» futbolchisi o‘yinlarga pul tikkanini tan olgan
«Yuventus» yarimhimoyachisi Nikolo Fajoli 7 oyga diskvalifikatsiya qilindi.
Italiyalik 22 yoshli futbolchi o‘yinlarga pul tikishda gumonlanib, unga 3 yillik diskvalifikatsiya xavf solayotgandi.
Sky Sport xabariga ko‘ra, Italiya futbol federatsiyasi prokuraturasi (FIGC) o‘tkazgan tergov jarayonida futbolchi ayblovni tan olgan. Shu tariqa, Fajoli 7 oyga futboldan chetlatiladi.
Diskvalifikatsiya muddati FIGC’ning rasmiy bayonotidan keyin kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, «Milan» sobiq o‘yinchisi, hozirda «Nyukasl» sharafini himoya qilayotgan Sandro Tonali ham noqonuniy pul tikishda ayblangandi. Ushbu o‘yinchi ham uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Fajoli joriy mavsum A Seriyada 6 o‘yinda maydonga tushgandi.