← Go to the news
19.06.2023
2059
Futbol
Grizmann Mbappening Fransiya milliy jamoasi sardori bo‘lganiga munosabat bildirdi
Madridning “Atletiko” klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappening Fransiya terma jamoasi sardori etib saylanishiga qanday munosabat bildirganini aytib o‘tdi.
“Qabul qilish qiyin edi. Men 32 yoshdaman va hali o‘ynashim mumkin bo‘lsa ham, termadagi faoliyatimni yakunlash arafasida ekanligimni bilaman. Bir-ikki kun hazm qilishda qiynalganman. Ammo hozir men kapitanimiz Kilianni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman”, – dedi Grizmann Telefoot nashriga.