fbpx Betguru » Kante «Al-Ittihod» o‘yinchisiga aylandi – Fabritsio Romano
Friday, 22 November 2024
← Go to the news

Kante «Al-Ittihod» o‘yinchisiga aylandi – Fabritsio Romano

«Chelsi» va Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi N’Golo Kante faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, 32 yoshli fransiyalik futbolchi erkin agent sifatida «Al-Ittihod» klubi a’zosiga aylangan. Tomonlar yana bir yilga uzaytirish sharti bilan 2 yillik shartnomani imzolagan. Kante Londonning o‘zida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Futbolchi iyul oyida Saudiya Arabistoni klubi safiga borib qo‘shiladi.

Qayd etilishicha, Kantening Saudiya Arabistonidagi yillik maoshi imidj huquqi daromadi bilan birga qariyb 100 million yevroga yetadi.

Avvalroq, «An-Nasr» va «Al-Ittihod» klubi vakillari Kante bilan Londonda uchrashib, muzokara o‘tkazayotgani haqida xabar qilingandi. Futbolchi Ar-Riyod emas, Jidda shahri jamoasini tanlagan. Kuni kecha Kantening milliy jamoadagi sherigi Karim Benzema ham jiddaliklar safiga o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli xavbekning «Chelsi» bilan amaldagi kelishuvi iyun oyi yakunida tugaydi. U o‘tgan mavsumda Premer-ligada 7ta o‘yin o‘tkazib, bitta golga assistentlik qildi.

image