Friday, 7 August 2026
← Go to the news

ESPN mavsum yakunlariga ko‘ra A Seriya ramziy jamoasini tuzdi

ESPN nashri Italiya chempionatining 2022/23 yilgi mavsumida eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchilardan ramziy jamoa tuzdi. Tarkibga chempion «Napoli»dan 5 futbolchi kiritildi.

Darvozabon: Ivan Provedel («Latsio»);

Himoyachilar: Jovanni Di Lorenso («Napoli»), Kim Min Chje («Napoli»), Lukas Martines Kuarta («Fiorentina»), Karlos Augusto («Monsa»);

Yarimhimoyachilar: Nikolo Barella («Inter»), Stanislav Lobotka («Napoli»), Xvicha Kvaratsxeliya («Napoli»);

Hujumchilar: Rafael Leau («Milan»), Lautaro Martines («Inter»), Viktor Osimhen («Napoli»);

Bosh murabbiy — Luchano Spaletti («Napoli»).