← Go to the news
30.05.2023
453
Futbol
Rekord. De Bryuyne APLda 4-bor mavsumning eng yaxshi assistenti bo‘ldi
Kevin de Bryuyne yakunlangan mavsumda Premer-liganing eng yaxshi assistenti bo‘ldi va bu borada rekordchiga aylandi.
Belgiyalik futbolchi 4-marta golli uzatmalar bo‘yicha ligada yetakchi bo‘ldi. «Manchester Siti» yarimhimoyachisi 32 o‘yinda 16ta golga assistentlik qildi.
Birinchi marta u 2016/17 yilgi mavsumda eng yaxshi assistentga aylangan — 18ta. Bir yil o‘tib 16ta, 2020 yilda esa 20ta assist bilan g‘olib bo‘lgan.
Kevin uch martadan APLning eng yaxshi assistenti bo‘lgan Fransesk Fabregas, Devid Bekhem va Frenk Lempardni ortda qoldirdi.