← Go to the news
18.05.2023
189
Futbol
«Liverpul» 4 futbolchisi bilan xayrlashishini e’lon qildi
«Liverpul» klubi mavsum yakunida 4 nafar futbolchi bilan xayrlashishini rasman ma’lum qildi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, joriy mavsum yakuniga yetgach, klub yozda Roberto Firmino, Nabi Keyta, Jeyms Milner va Aleks Oksleyd-Chemberlen singari o‘yinchilar bilan xayrlashadi. Bu o‘yinchilar bilan yakuniga yetayotgan amaldagi shartnomalar uzaytirilmagach, futbolchilar jamoani erkin agent sifatida tark etadi.
Avvalroq, Jeyms Milner «Brayton»ga o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabar qilingan bo‘lsa, Firminoga «Inter» asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan