fbpx Betguru » Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi nomi ma’lum bo‘ldi
Friday, 18 October 2024
← Go to the news

Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodov (25-8) UFC’dagi oltinchi jangini 2023 yilning 22 iyulida o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

Murodovga London bo‘lib o‘tadigan musobaqada Brayan Barberena (18-10) raqib bo‘ladi.

Mazkur musobaqaning asosiy jangi Tom Aspinall va Marchin Tibura o‘rtasida kechadi.

Eslatib o‘tamiz, Murodov 11 mart kuni Germaniya vakili Abusufyon Magomedovga qarshi jang qilishi rejalashtirilgandi. Biroq Murodovning jarohati sabab ushbu jang bekor qilingan.

Murodov UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Uchinchi jangida Mahmud Endyu Sanchesni nokautga uchratgandi. To‘rtinchi jangda esa Jerald Mirshertga imkoniyatni boy bergandi. Oxirgi jangini 22-oktyabr kuni UFC 280 musobaqasida Braziliya vakili Kayo Borralyoga qarshi o‘tkazib, mag‘lub bo‘lgandi.

Barberena oxirgi ikkita jangida Rafael dos Anyos va Gunnar Nelsonga yutqazgan. Undan avval sportchi ketma-ket uchta g‘alaba qayd etgandi.

image