← Go to the news
15.05.2023
223
Futbol
De Xea – APLda «Oltin qo‘lqop» sohibi«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea Premer-liga joriy mavsumida individual sovringa munosib ko‘rildi.
Ispaniyalik posbon «Vulverhempton»ga qarshi o‘yinda (1:0) o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab, joriy mavsumda «quruq o‘yinlar» sonini 16ta uchrashuvga yetkazdi.
Shu tariqa, APL tomonidan joriy qilingan «Oltin qo‘pqop» sovrini «MYU» posboniga topshiriladigan bo‘ldi. U sovrinni ser Aleks Fergyuson qo‘lidan qabul qilib oldi.
Qayd etish joiz, De Xea bu mavsumda golga sabab bo‘lgan xatolar bo‘yicha eng yomon (4 gol) natijaga ega, seyvlar foizi bo‘yicha ligada 12-o‘rinda. Buning ustiga De Xeada 6, 7 tadan gol o‘tkazgan o‘yinlari ham bor. 16 quruq o‘yindan 11tasi «Old Trafford»da qayd etilgan.