Friday, 7 August 2026
← Go to the news

A Seriya. 10ta gol kiritilgan bahsda “Atalanta” “Salernitana”ni tor-mor etdi

Italiya A Seriyasi 18-turi doirasida “Atalanta” mavsumdagi eng yirik gʻalabasiga erishdi.

Bergamodagi bahsda mezbonlar “Salernitana”ni sharmandali hisobda magʻlub etishdi. 10ta gol kiritilgan oʻyinda Bergamo klubi 8:2 hisobida ustun keldi.

Shu tariqa, “Atalanta” 34 ochko bilan 6-oʻrinda bormoqda, “Salernitana” esa 18 ochko bilan 16-oʻrinda bormoqda.

A Seriya. 18-tur
Atalanta – Salernitana 8:2
Gollar: 1:0 – 5 Boga, 1:1 – 10 Dia, 2:1 – 20, penalti Lukman, 3:1 – 23 Skalvini, 4:1 – 38 Kopmeyners, 5:1 – 41 Xeylund, 6:1 – 54 Lukman, 6:2 – 56 Nikolussi-Kavilya, 7:2 – 61 Ederson, 8:2 – 85 Dzortea.
Atalanta – Musso, Dzappakosta (Dzortea, 58), Palomino, Toloi (Demiral, 58), Skalvini, Rudjeri, de Ron (Ederson, 46), Kopmeyners, Boga, Lukman (Mele, 81), Xeylund (Sapata, 64).
Salernitana – Ochoa, Fasio (Radovanovich, 72), Pirola (Sambiya, 86), Lovato (Dyomber, 46), Bradarich, Kandreva, Vilyena (Kastanos, 71), Kulibali, Nikolussi-Kavilya, Pentek, Dia (Bonassoli, 72)