A Seriya. “Roma” Dibalaning dubli evaziga “Fiorentina”ni magʻlub etdi
Italiya A Seriyasi 18-turi doirasida “Roma” “Fiorentina”ga qarshi saf tortdi.
Rimda oʻtgan oʻyinda Paulo Dibalaning dubli Mourinyo shogirdlariga gʻalaba keltirdi – 2:0. Shu kuni ham Eldor Shomurodov rimliklar safida maydonga tushmadi.
Qayd etish joiz, raqiblar 24-daqiqada Dodoning chetlatilishidan keyin bir kishi kam boʻlib toʻp surishdi.
Shu tariqa, Rim klubi ochkolari sonini 34taga yetkazib 7-oʻrinda bormoqda.
Florensiya klubi esa 23 ochko bilan 10-oʻrindan joy olgan.
A Seriya. 18-tur
Roma – Fiorentina 2:0
Gollar: 1:0 – 40 Dibala, 2:0 – 82 Dibala.
Roma – Ruy Patrisiu, Chelik, Smolling, Manchini, Kumbula, Kristante, Pellegrini (Taxirovich, 74), Bove (Matich, 67), Dibala (Belotti, 89), Abraxam (Solbakken, 89), Zalevski (Spinassola, 66).
Fiorentina – Terrachchano, Dodo, Igor Julio, Milenkovich, Biragi, Bonaventura (Kastrovilli, 85), Dankan (Venuti, 29), Amrabat, Ikone (Gonsales, 46), Yovich (Barak, 46), Kuame.
Ogohlantirishlar: Dodo (4), Smolling (15), Gonsales (55), Kumbula (55), Bove (63), Igor Julio (79).
Chetlatish: Dodo (24)
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan