La Liga. «Real» safarda «Vilyarreal»ga mag‘lub bo‘ldi
La Liga 16-turi doirasida «Real» safarda «Vilyarreal» mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 2-bo‘limi boshida Pino hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqada Benzema penaltidan farqni yo‘qqa chiqardi – 1:1. Bu gol Karimning ketma-ket 4-o‘yindagi 4-goli bo‘ldi.
Ammo mehmonlarning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. 63-daqiqada Jerar Moreno penaltidan jamoasiga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi – 2:1.
Shu tariqa, «Real» mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatni tan olib, 38 ochko bilan hozircha 2-o‘rinda bormoqda. «Vilyarreal» 27 ochko bilan hozircha 5-o‘ringa ko‘tarildi.
La Liga. 16-tur
Vilyarreal – Real Madrid 2:1
Gollar: 1:0 – 47 Pino, 1:1 – 60, penalti Benzema, 2:1 – 63, penalti Jerar Moreno.
Vilyarreal – Reyna, Foyt, Albiol, Pau Torres, Alberto Moreno (Pedrasa, 72), Trigeros, Koklen, Parexo, Aleks Baena, Danjuma, Chukvueze, Pino (Morales, 81), Jerar Moreno.
Real Madrid – Kurtua, Militao, Alaba, Ryudiger, Mendi (Rodrigo, 64), Modrich (Kamavinga, 70), Kroos, Tchuameni (Vaskes, 64), Valverde (Asensio, 82), Benzema, Vinisius Junior.
Ogohlantirishlar: Pau Torres (16), Albiol (75).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan