Friday, 7 August 2026
← Go to the news

«MYU» JCH-2022da Argentinaga 2ta gol urgan hujumchini ijaraga olishga yaqin


«Manchester Yunayted» Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar qidirmoqda.

Foot Mercato xabariga ko‘ra, ingliz klubi Vaut Vegorst bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda. Niderlandiyalik hujumchi «Beshiktosh»da ijara asosida o‘ynaydi, aslida «Byornli»ga tegishli.

Ta’kidlanishicha, tomonlar futbolchining «MYU»ga o‘tishi borasida deyarli kelishuvga erishgan. Mankunianliklar Vegorstni ijaraga olishni rejalashtirgan.

30 yoshli forvard bu mavsum Turkiya Premer-ligasida 16ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 4ta golga assistentlik qildi. U JCH-2022 1/4 finalida Argentinaga (2:2, pen — 3:4) qarshi bahsda dubl qayd etgandi.