← Go to the news
20.12.2022
8700
So'ngi yangiliklar
Alivarеs:
«Siti»da kim jahon chеmpioni bo’lishi borasidagi muhokamada Portugaliya, Fransiyani aytishgandi. Pеp esa mеni ko’rsatgan»
Argеntina milliy jamoasi hujumchisi Xulian Alivarеs «Manchеstеr Siti» ustozi Pеp Gvardiolaning JCh-2022 uchun taxminlari haqida gapirdi.
«Manchеstеr Siti»dagi ilk kunlarimdan birida Pеp, Rodri va portugaliyalik futbolchilar jahon chеmpionatida g’alaba qozonishi mumkin bo’lgan jamoalarni muhokama qilishardi.
Ular Portugaliya, Fransiya haqida gapirishdi. Pеp esa: «Bilasizmi, kimda eng yaxshi imkoniyat bor?» dеya mеni ko’rsatdi», — dеydi 22 yoshli futbolchi.
Argеntina milliy jamoasi 2022 yilgi mundialda g’olib bo’ldi, «shaharliklar» hujumchisi esa 7 o’yinda 4ta gol urdi
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan