JCH-2022 yarimfinalining eng yaxshi o‘yinchisi va ramziy jamoasi e’lon qilindi
WhoScored statistik portali JCH-2022 yarimfinal o‘yinlariga yakuniga ko‘ra, eng yaxshi o‘yinchi va ramziy jamoani e’lon qildi.
Yarimfinalda eng yuqori baho olib, eng yaxshi futbolchi Xulian Alvares bo‘ldi. Argentina milliy jamoasi forvardi 8,5 ball oldi. U Xorvatiyaga qarshi o‘yinda (3:0) dublga erishgandi.
Bu borada ikkinchi eng yaxshi natija Lionel Messida – 8,4 ball. U xorvatlar bilan o‘yinda gol va assistga mualliflik qildi.
JCH-2022 yarimfinal ramziy jamoasi bilan tanishing:
Darvozabon: Emiliano Martines (Argentina, 7,7 ball);
Himoyachilar: Teo Ernandes (Fransiya, 8,3), Kristian Romero (Argentina, 7,0), Ibraima Konate (Fransiya, 7,6), Jyul Kunde (Fransiya, 7,5);
Yarimhimoyachilar: Kilian Mbappe (Fransiya, 7,2), Yussuf Fofana (Fransiya, 7,4), Orelen Tchuameni (Fransiya, 7,7), Usmon Dembele (Fransiya, 7,0).
Hujumchilar: Xulian Alvares (Argentina, 8,5), Lionel Messi (Argentina, 8,4).
Eslatib o‘tamiz, JCH-2022 final o‘yini Fransiya va Argentina o‘rtasida 18 dekabr kuni o‘tkaziladi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan