Jiru Fransiya milliy jamoasidagi rekordi haqida: «Mbappe mendan o‘zib ketishi aniq. U rekordimni yangilaydi»
Fransiya milliy jamoasi forvardi Olive Jiruning fikricha, Kilian Mbappe uning rekordini yangilashi tayin.
JCH-2022 nimchorakfinali doirasida Jiru Polsha darvozasiga gol kiritib, Fransiya milliy jamoasi safidagi gollari sonini 52taga yetkazib, bu borada rekordchiga aylangan edi. Bunga qadar rekord Terri Anriga tegishli (51ta gol) edi.
«Bu rekord bilan har qancha faxrlansam arziydi. Ammo Mbappe mendan o‘zib ketishi aniq. Rekordimni aynan u yangilaydi.
Mbappe ajoyib o‘yinlar namoyish etishda davom etmoqda. U turnirda bejizga 5ta gol bilan to‘purarlik qilmayapti. U nimalarga qodirligini barcha yaxshi biladi», — deydi Jiru.
Ma’lumot uchun, Mbappe Fransiya milliy jamoasi safida 63 o‘yinda 33ta golga mualliflik qilgan. Jiru esa 117 o‘yinda 52ta gol kiritgan.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan