← Go to the news
08.12.2022
1330
So'ngi yangiliklar
Livakovich JCHdagi penaltilar seriyasida 3ta zarbani qaytargan 3-darvozabonga aylandi
Xorvatiya milliy jamoasi darvozaboni Dominik Livakovich JCH-2022 1/8 finali doirasidagi Yaponiyaga (1:1, pen — 3:1) qarshi o‘yinning penaltilar seriyasida raqibning 3ta zarbasini qaytardi.
«Dinamo» Zagrebning 27 yoshli posboni o‘yindan keyingi «lotereya»da Takumi Minamino, Kaoru Mitoma va Maya Yoshidaning gol urishiga imkon bermadi.
Bungacha jahon chempionatlaridagi penaltilar seriyasida bor-yo‘g‘i ikki darvozabon 3tadan seyv amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgandi: 2006 yilda Angliyaga qarshi o‘yinda portugaliyalik Rikardu va 2018 yili Daniya bilan bahsda xorvatiyalik Daniyel Subashich.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan