Friday, 7 August 2026
← Go to the news

Simon: «120 daqiqa davomida ustunlik qildik. Marokashga yutqazib, turnirni tark etishni kutmagandik»


Ispaniya milliy jamoasi darvozaboni Unai Simon JCH-2022 1/8 finalidan o‘rin olgan Marokash (0:0, pen — 0:3) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘ylashimcha, raqibdan 120 daqiqa davomida ustunlik qildik, ammo hozir mening so‘zlarim muhim emas, chunki gol ura olmadik.

Penaltilar seriyasida raqib yaxshiroq harakat qildi va chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bu chempionatda doim syurprizlarni ko‘ramiz. Qismatdan qutula olmadik, Marokashga yutqazishni kutmagandik. Lekin shunday bo‘ldi va endi uyga ketyapmiz», — dedi «Atletik» a’zosi Marca’ga.

Simon marokashlik futbolchilarning 4ta zarbasidan 1tasini bartaraf etdi. Marokashlik posbon Yassin Bunu esa Karlos Soler va Serxio Busketsning zarbalarini qaytardi, Pablo Sarabiya darvoza to‘sinini nishonga oldi.