Friday, 7 August 2026
← Go to the news

Eden Azar Belgiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi


Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Eden Azar uchun JCH-2022 faoliyatidagi so‘nggi xalqaro turnir bo‘ldi.

«Real» futbolchisi milliy jamoa safidagi faoliyatini yakunlaganini rasman ma’lum qildi.

«Bugun sahifalardan biri yopilmoqda… Sevganingiz, qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat! 2008 yildan buyon birga baham ko‘rgan baxt uchun tashakkur. Milliy jamoadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. O‘rnimga o‘rinbosarlar tayyor. Sog‘inib qolaman», — deya yozadi Azar.

Ma’lumot uchun, Eden Belgiya safida 126 o‘yinda maydonga tushib, 33ta golga mualliflik qilgan. Azar JCH-2022da milliy jamoasi sardori sifatida to‘p surdi, ammo Belgiya guruhda qolib ketgandi.