Friday, 7 August 2026
← Go to the news

Argentina va Urugvay milliy jamoalari Qatarga qariyb bir tonnadan go‘sht olib borishdi


Janubiy Amerikadan Qatarga yetib borgan Argentina va Urugvay milliy jamoalari delegatsiyasi o‘zi bilan birga qariyb 2 tonna go‘sht olib borgan.

ESPN xabariga ko‘ra, har ikki milliy jamoa delegatsiyasi va murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, Dohaga 900 kilogrammdan go‘sht olib kelingan.

«Argentina va Urugvay jahonning eng ko‘p go‘sht iste’mol qiladigan davlatlardan sanaladi. Asado – bu mamlakatlardagi eng sevib tanovul qilinadigan taomdir. Bu ovqat – grillda qovuriladigan go‘sht bo‘laklaridan tayyorlanadi. Ikki jamoa ham so‘nggi jahon chempionatlarida eng ko‘p marta aynan ushbu taomni pishirishgan», — deyiladi manbada.

«Asado – bu madaniyatimizning bir qismi, Argentinaga xos jihat. Bu faqat taom emas, barcha argentinalikni birlashtiradigan, o‘zgacha bir davraga aylantiradigan vosita», — deydi Argentina bosh murabbiyi Lionel Skaloni.