← Go to the news
30.09.2022
4940
So'ngi yangiliklar
Arauxo taxminan 3 oyga safdan chiqdi. U JCH-2022ni o‘tkazib yuboradi «Barselona» klubi jamoaning urugvaylik himoyachisi Ronald Arauxo jarrohlik stoliga yotishini tasdiqladi.
23 yoshli futbolchi 28 sentyabr kuni Finlandiyada operatsiya qilinadi. Arauxo Urugvay va Eron (0:1) o‘rtasidagi o‘rtoqlik bahsining 4-daqiqasidayoq jarohat olib, maydonni tark etgan edi. Uning o‘ng oyoq son mushaklari shikastlangani ma’lum qilingan.
El Mundo xabariga ko‘ra, klub shifokorlari «Barsa» bosh murabbiyi Xaviga futbolchi taxminan 3 oyga safdan chiqishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Shu tariqa, Arauxo katta ehtimol Urugvay milliy jamoasi safida JCH-2022da ishtirok eta olmaydi.
Avvalroq, Arauxo Qatardagi mundialga borish uchun jarrohlik amaliyotiga ko‘nmayotgani haqida xabar qilingandi.