MYU» maoshlar bo‘yicha APL rekordini yangiladi «Manchester Yunayted» maoshlarga pul sarflash bo‘yicha Angliya Premer-ligasi rekordini qayd etdi.
Manchester klubi o‘tgan mavsum uchun xarajatlar hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, klub 2021/22 yilgi mavsumda maoshlar uchun 384 million funt sarflagan. Bu avvalgi mavsum bilan taqqoslaganda 61,6 million funt ko‘p demakdir.
The Guardian’ning qayd etishicha, «Man Yunayted» bu borada APL rekordini qayd etgan. Bungacha rekord «Manchester Siti»ga tegishli bo‘lib, «shaharliklar» hozirda maoshlar uchun bir mavsumda 355 million yevro sarflashmoqda.
«Manchester Yunayted»ning maoshlar uchun xarajatlari oshishi o‘tgan mavsum klubda Krishtianu Ronaldu, Jeydon Sancho va Rafael Varanning kelib qo‘shilgani bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, «MYU» yangi mavsum oldidan Pol Pogba, Xuan Mata, Nemanya Matich, Jessi Lingard, Edinson Kavani singari futbolchilar bilan erkin agent maqomida xayrlashdi.