fbpx Betguru » O‘zbekistonlik yosh kurashchilar Vladivostokdagi xalqaro sport o‘yinlarida 17ta medalni qo‘lga kiritishdi
Sunday, 24 November 2024
← Go to the news

O‘zbekistonlik yosh kurashchilar Vladivostokdagi xalqaro sport o‘yinlarida 17ta medalni qo‘lga kiritishdi

Vladivostokda «Osiyo bolalari» VII xalqaro sport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

29 iyulda boshlangan turnirda o‘zbekistonlik kurashchilar 9ta oltin, 5ta kumush va 3ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Oltin medal sohiblari:
Husniddin Abdukarimov (yunon-rum kurashi)
Shohista Shonazarova (ayollar kurashi)
Mashhura Abdumusayeva (ayollar kurashi)
Muhayyo Raimjonova (ayollar kurashi)
Shohrux Yoqubov (erkin kurash)
Ulug‘bek Rashidov (erkin kurash)
Sanjar Anvarbekov (erkin kurash)
Doniyor Ibragimov (erkin kurash)
Umar Mo‘ydinov (erkin kurash)

Kumush:
Sarvar Jumayev (yunon-rum kurashi)
Siman Aslanov (yunon-rum kurashi)
Nurmuhammad Roziqov (yunon-rum kurashi)
Asaloy Amangeldiyeva (ayollar kurashi)
Husniobod Sultonnazarova (ayollar kurashi)

Bronza:
Shohjahon Shavkatov (yunon-rum kurashi)
Bahora Jumaqulova (ayollar kurashi)
Farruh Jumanazarov (erkin kurash)

Barcha sport turlari bo‘yicha umumjamoa hisobida esa O‘zbekiston 26ta oltin, 23ta kumush va 32ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinda bormoqda. Musobaqa 7 avgustgacha davom etadi.

image